Obameyang «Al-Qodisiya»ni tark etdi
Photo: Getty Images
Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubini tark etdi.
36 yoshli forvard Yevropaga qaytishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Unga "Marsel" klubi qiziqmoqda va tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
O‘tgan mavsumda Obameyang "Al-Qodisiya" safida Saudiya chempionatida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 3,5 million yevroga baholamoqda.
Futbolchi faoliyati davomida "Borussiya D", "Barselona", "Arsenal" va "Chelsi" jamoalarida to‘p surgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor