OAV vakillari, futbol sharhlovchilari, jurnalistlar va blogerlar uchun 2026-yilgi mavsum oldidan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan OAV vakillari, futbol sharhlovchilari, jurnalistlar va blogerlar uchun 2026-yilgi mavsum oldidan maxsus seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida hakamlik sohasiga oid yangiliklar, futbol qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar va ularning amaliyotdagi qoʻllanilishi batafsil tushuntirib berildi.
Sharhlovchi va jurnalistlar VAR texnikasi orqali bevosita oʻyin vaziyatlari boʻyicha qaror chiqarishda ishtirok etishdi. Shuningdek, VAR uskunalari va texnik imkoniyatlari ishtirokchilarga koʻrsatildi.
Seminar doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi, turli oʻyin vaziyatlari tahlil qilindi.
Mazkur seminar 2026-yilgi mavsum Superliga, Proliga, Birinchi liga, ayollar Oliy ligasi va kubok bahslari oldidan hakamlik faoliyati yuzasidan ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, jamoatchilikka toʻgʻri va tezkor axborot yetkazish maqsadida tashkil etildi.