«Nyukasl» yozda Voltemadeni sotuvga qo‘yishi mumkin
U 13 o‘yindan beri gol ura olmayapti,
ФОТО: Getty images
“Nyukasl”ning germaniyalik hujumchisi Nik Voltemade yozgi transfer oynasida “qarg‘alar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" kelasi yozda yangi hujumchi xarid qilishga urg‘u beradi.
Eslatib o‘tamiz, ingliz klubi avgust oyida klub uchun rekord darajadagi 75 million yevroga sotib olingan 23 yoshli Voltemadeni sotish haqida o‘ylamoqda.
U 13 o‘yindan beri gol ura olmayotgani sabab rahbariyat uni sotuvga qo‘yishi mumkin.
Voltemade barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist