locale OZ

«Nyukasl» Yaysslega 11 million yevro to'laydi

38 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan 2030 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma tuziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» Yaysslega 11 million yevro to'laydi
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Nyukasl" klubi yangi bosh murabbiy tayinlash arafasida.

Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, klub Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasiga bosh murabbiy Mattias Yayssle uchun 11 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan 2030 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma tuziladi.

Shuningdek, Yayssle 1 avgust, shanba kuni "Nyukasl"ning yangi bosh murabbiyi sifatida rasmiy tanishtirilishi kutilmoqda.

Avvalroq "Nyukasl"ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau rahbariyatni faoliyatida tanaffus qilish niyati haqida xabardor qilib, o‘z lavozimini tark etgani ma’lum qilingan edi.

Mattias Yayssle "Al-Ahli"ni 2023 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. Uning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin o‘z yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting