«Nyukasl» yaponiyalik darvozabon Suzuki bilan qiziqmoqda
Angliyaning "Newcastle United" klubi "Parma" va Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Zion Suzuki transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Bu haqda Chronicle Live nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli posbonning vakillari allaqachon ingliz klubi rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Suzuki transfer qiymati taxminan 20 million yevro (17 million funt sterling) deb baholanmoqda.
Shunga qaramay, "Newcastle" uchun darvozabon pozitsiyasidagi asosiy ustuvor nomzod hali ham James Trafford bo‘lib qolmoqda. Klub joriy transfer oynasi yopilguniga qadar yangi darvozabon borasida yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Zion Suzuki barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yaponiyalik darvozabon 33 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta o‘yinda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.