locale OZ

“Nyukasl” yangi klub emblemasini taqdim etdi

Bu klub logotipidagi 1988-yildan beri amalga oshirilgan ilk o‘zgarish bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Nyukasl” yangi klub emblemasini taqdim etdi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Nyukasl Yunayted” klubi yangilangan emblemasini rasman namoyish qildi. Bu klub logotipidagi 1988-yildan beri amalga oshirilgan ilk o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda “Nyukasl”ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi dizayn avvalgi emblemadan keskin farq qilmaydi. Klub tarixiy unsurlarni — qal’a tasviri, qora-oq qalqon, dengiz otlari va tasmani saqlab qolgan, biroq ularni zamonaviyroq va raqamli platformalarga mosroq shaklda qayta ishlagan.

Emblemani yangilash jarayoni ikki yil davom etgan. Klub turli so‘rovlar va muxlislar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan, natijada tarafdorlarning asosiy talabi mavjud ramzlarni saqlab qolish va dizaynni butunlay o‘zgartirmaslik bo‘lgan. “Nyukasl” ma’lumotiga ko‘ra, so‘rov qatnashchilarining 84 foizi amaldagi emblemaga tayangan holda yangilanishni qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun, yangi emblema klub formasida kelasi mavsumdan boshlab qo‘llanadi. “Nyukasl”ning avvalgi emblemasi 1988-yildan buyon deyarli o‘zgarmagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting