«Nyukasl» yangi darvozabon sotib olmoqchi — manba
Angliyaning «Nyukasl» klubi kelgusi yozgi transfer oynasida asosiy tarkibni kuchaytirish maqsadida tajribali darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati tarkibdagi posbonlar borasida qat’iy qarorga kelgan. Xususan, jamoa bosh murabbiyligi va mutasaddilari Nik Poupning mahoratiga nisbatan shubhalanmoqda. Shuningdek, «Sautgempton»dan ijaraga olingan Aaron Ramsdeyl mavsum yakunida o‘z klubiga qaytishi kutilmoqda va «Nyukasl» uning transfer huquqlarini xarid qilmaslikka qaror qildi.
Klub rahbariyati darhol samarali natija bera oladigan va xalqaro tajribaga ega bo‘lgan darvozabon qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, Nik Poup «Ipsvich Taun» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z faoliyati davomida «Charlton Atletik» va «Byornli» kabi klublarda to‘p surgan futbolchi 2022 yildan buyon «Nyukasl» safida faoliyat yuritadi. Umuman olganda, u «qarg‘alar» libosida 126 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 46 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.