locale OZ

«Nyukasl» Xoll bilan shartnomani uzaytirdi

21 yoshli Xollning yangi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
«Nyukasl» Xoll bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Newcastle

«Nyukasl»ning qanot himoyachisi Lyuis Xoll Angliya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda «sorokalar» matbuot xizmati xabar berdi.

Bitim tafsilotlari oshkor qilinmagan. Biroq jurnalist Kit Dauni ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli Xollning yangi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

«Nyukasl» Xollni 2024 yilda «Chelsi»dan sotib olgan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Xollga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Qizil iblislar» himoyachini 2027 yilda sotib olishni rejalashtirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting