«Nyukasl» Voltemadening jamoada qolishi bo‘yicha qarorga keldi
“Nyukasl” klubi rahbariyati hujumchi Nik Voltemadeni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klubda 24 yoshli forvard Angliya Premyer-ligasi talablariga moslashib bo‘lganiga ishonch bildirilmoqda va u kelasi mavsumda ancha yaxshi natijalar ko‘rsatishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi nemis futbolchisining mashg‘ulotlardagi ishini ijobiy baholamoqda hamda uni hujumchi ortida o‘ynaydigan pozitsiyada ochilishi mumkin deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Voltemade Premyer-ligada 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yozida “Nyukasl” uni “Shtutgart”dan 85 million yevro va bonuslar evaziga xarid qilgan edi. Ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmat kelishuv bo‘lib qolmoqda.