locale OZ

\"Nyukasl\" Traffordni sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Traffordni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Nyukasl" Angliya terma jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, "Magpilar" va "Byornli" o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, 22 yoshli darvozabonning transferi iyul oyida amalga oshishi mumkin, shu bois har ikki klub kelasi haftadan boshlab kelishuvni yakunlash uchun muzokaralarni yanada jiddiy olib borishi mumkin.

2024/25 yilgi mavsumda Jeyms Trafford Championshipda "Byornli" uchun 45 o‘yinda 29 ta "quruq" o‘yin o‘tkazib, jamoasiga Premyer-ligaga chiqishda katta yordam berdi. Nufuzli Transfermarkt.com sayti uning narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting