locale OZ

\"Nyukasl\" Traffordni sotib olishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Traffordni sotib olishga yaqin turibdi
Photo: Getty Images

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Byornli" darvozaboni Jeyms Traffordni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, 192 sm bo‘yli posbon yaqin kunlarda "qarğalar" bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda. Tomonlar barcha shartlar bo‘yicha kelishib olishgan.

O‘tgan mavsum 22 yoshli Trafford "Byornli" bilan Chempionshipda 2-o‘rinni egalladi va Premer-ligaga yo‘l oldi.

U klub safida 45 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol o‘tkazib yuborgan.

"Nyukasl" esa APLda 5-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting