locale OZ

«Nyukasl» Traffordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

U "shaharliklar"da zaxira posboniga aylanishga majbur bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» Traffordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Manchester City" darvozaboni Jeyms Trafford qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 23 yoshli posbon "Nyukasl" diqqat markaziga tushgan.

Trafford Janluiji Donnarumma kelganidan so‘ng "shaharliklar" asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berdi. Angliyalik futbolchini zaxira o‘yinchisi bo‘lish roli qoniqtirmayapti.

Vaziyatdan boxabar "Nyukasl" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi — bitim qishki transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin.

"Qarg‘alar" Jeyms Traffordni yozda "Byornli" safida o‘ynagan paytidayoq o‘z tomoniga olib kelishga harakat qilishgan, biroq futbolchi "Manchester City"ga qaytishni afzal ko‘rgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting