\"Nyukasl\" Rodrigo transferi uchun 80 mln yevro to'lashga tayyor
U APLga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images
“Real” hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, braziliyalik hujumchiga arab shayxlari egalik qiluvchi "Nyukasl" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qarg'alar" rahbariyati Rodrigoning transferi uchun taxminan 80 million yevro to'lashga tayyor.
Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Yakuniga yetgan mavsum La Ligada Rodrigo 30 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist