locale OZ

«Nyukasl» «Reyms» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining oʻzi ham APLga koʻchib oʻtishga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» «Reyms» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Nyukasl» klubi «Reyms» darvozaboni Even Jauenning transferi ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri maʼlum qildi.

Manbaning bergan maʼlumotiga koʻra, ushbu kelishuv qiymati 20 million yevroni tashkil etadi va futbolchining oʻzi ham Angliya jamoasiga oʻtishga rozilik bergan.

Even Jauen «Gengam» va boshqa bir qator jamoalar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yildan buyon «Reyms» sharafini himoya qilib kelmoqda, shuningdek, darvozabonning faoliyatida «Rodez» va «Dyunkerk» klublaridagi ijara muddatlari ham bor.

Joriy mavsumda Jauen klub safida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻz darvozasidan 35 ta gol oʻtkazib yubordi va 15 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bundan tashqari, futbolchi Fransiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi, muqaddam u «uchranglilar»ning turli yoshdagi jamoalarida ham oʻynagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting