«Nyukasl» Remsi transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jeykob Remsi "Nyukasl"ga o'tdi. Bu haqda "qarg'alar" matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchi klub bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Kelishuv tafsilotlari ko'rsatilmagan.
Insayder Fabrizio Romanoga ko'ra, Remsining transferi "Nyukasl"ga 46 million yevroga tushgan.
Remsi "Aston Villa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Butun davr mobaynida u asosiy jamoa tarkibida 167 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor