locale OZ

\"Nyukasl\" Rashfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Rashfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Rashford faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi CaughtOffside.

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" bu yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishga intilmoqda. Klub allaqachon "Nottingem Forest" vingeri Entoni Elangani o‘z safiga qo‘shib olish uchun so‘rov yuborgan, ammo rad javobini olgan, shu bois Rashford unga muqobil bo‘lishi mumkin.

Angliyalik futbolchi "Yunayted"ga Ruben Amorim kelishi bilan asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sabab, jamoani tark etishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Rashford "Aston Villa" safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 ta golga hammualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting