«Nyukasl» Ramushning transferidan voz kechdi
Photo: Getty Images
"Nyukasl" "PSJ" hujumchisi Gonsalu Ramush transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 24 yoshli futbolchining transferi borasida kelisha olmagan.
Qayd etilishicha, futbolchi Parijda baxtli va ketish niyatida emas, shu sababli "qarg‘alar" e'tiborini boshqa nomzodlarga qaratadi.
O‘tgan mavsumda Ramush Liga 1da 22 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o‘yinlarda o‘rtacha 48 daqiqadan harakat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist