«Nyukasl» Ramsdeylning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Nyukasl" o‘z safiga "Sautgempton" darvozaboni Aaron Ramsdeylni qo‘shib oldi. Bu haqda "qarğalar" matbuot xizmati xabar berdi.
27 yoshli ingliz darvozabon xarid qilish huquqi bilan 2026 yil yozigacha ijaraga olindi.
Ramsdeyl o‘tgan mavsumni "Sautgempton"da o‘tkazdi. U 32 ta o‘yinda 68 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta quruq o‘yin o‘tkazdi. Klub esa Chempionshipga ravona bo‘lgan edi.
“Nyukasl” klubi Jeyms Traffordni o‘z safiga qo‘shmoqchi edi. Biroq “Manchester Siti” sobiq darvozabonini sotib olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist