locale OZ

“Nyukasl” Omar Marmush transferini ustuvor maqsadga aylantirdi

Hozircha “Nyukasl” tomonidan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Nyukasl” Omar Marmush transferini ustuvor maqsadga aylantirdi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmush faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, “Nyukasl” 27 yoshli misrlik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

Manbaga ko‘ra, “Nyukasl” so‘nggi yirik savdolardan keyin transfer uchun yetarli mablag‘ga ega va “Manchester Siti”ning Marmush bo‘yicha talabini qondirishga tayyor. “Shaharliklar” hujumchi uchun taxminan 65 million yevro so‘ramoqda.

Shunga qaramay, hozircha “Nyukasl” tomonidan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborilmagan. Marmushga “Barselona” va Londonning “Tottenhem” klublari ham qiziqish bildirmoqda, shu sabab uning transferi uchun raqobat yuzaga kelishi mumkin.

Omar Marmush 2025/26-yilgi mavsumda “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Endilikda uning kelajagi “Nyukasl”ning rasmiy taklif bilan chiqish-chiqmasligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting