locale OZ

«Nyukasl» «Milan» tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmoqda, skautlar «San-Siro»ga tashrif buyurgan — Moretto

Futbolchi hozirda yiliga 500-600 ming yevro atrofida maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» «Milan» tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmoqda, skautlar «San-Siro»ga tashrif buyurgan — Moretto
ФОТО: Getty images

Angliyaning “Nyukasl” klubi “Milan”ning chap qanot himoyachisi Davide Bartezagini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, Angliya jamoasi skautlari futbolchini o‘rganish va uning rivojlanishini kuzatish uchun Milanga kelgan.

20 yoshli tarbiyalanuvchining italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Milan” Bartezagi bilan shartnomani maoshini oshirgan holda 2031-yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, futbolchi hozirda yiliga 500-600 ming yevro atrofida maosh oladi. Yangi shartnomaga ko‘ra, uning maoshi 1,5 million yevrogacha oshadi. Joriy mavsumda Italiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi barcha turnirlardagi 30 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting