locale OZ

«Nyukasl» «Milan» himoyachisi Bartezagiga qiziqish bildirmoqda

«Rossonerilar» esa futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» «Milan» himoyachisi Bartezagiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Nyukasl» klubi «Milan» chap qanot himoyachisi Davide Bartezagi i o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, ingliz jamoasi skautlari futbolchining o‘yinini o‘rganish va uning rivojlanishini kuzatish uchun Milanga tashrif buyurishgan.

20 yoshli «Milan» tarbiyalanuvchisining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Milan» Bartezagi bilan kelishuvni 2031 yilgacha uzaytirishni va uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda.

Xabarda aytilishicha, ayni damda futbolchi yiliga taxminan 500-600 ming yevro maosh oladi. Yangi shartnomaga ko‘ra, uning yillik daromadi 1,5 million yevrogacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Italiya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Davide Bartezagi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting