locale OZ

«Nyukasl» Mattias Yayssleni bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qildi

Qayd etilishicha, germaniyalik 38 yoshli mutaxassis «qarg‘alar»ni 2029 yilning yoziga qadar boshqaradi.
«Nyukasl» Mattias Yayssleni bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qildi
photo: gettyimages

«Nyukasl» klubi Mattias Yayssleni bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, germaniyalik 38 yoshli mutaxassis «qarg‘alar»ni 2029 yilning yoziga qadar boshqaradi. Bunga qadar u 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining «Al Ahli»da ishlayotgandi. Klub bilan ketma-ket ikki bor Elit Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

«Nyukasl» bosh murabbiyiga aylanganim men uchun katta sharaf. Bu Yevropa futbolidagi eng yirik klublardan biri bo‘lib, o‘ziga xos tarix, an’ana va sodiq muxlislarga ega. Bu klubning muhiti va muxlislar ishtiyoqini shaxsan his qilish imkoniyatidan juda xursandman. Klubning yuksak maqsadlari, kelajakka qaratilgan rejalari va imkoniyatlari uni juda jozibador qiladi. Men so‘nggi yillarda klubning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib keldim va erishilgan taraqqiyot barchaga yaqqol ko‘rinib turibdi. Kelajak meni juda ruhlantirmoqda.

Men ushbu loyihaga, klubning maqsadlari va tanlagan yo‘liga to‘liq ishonaman. Bu yerda aniq strategiya, kuchli rahbariyat va yanada yuksalish uchun mustahkam poydevor mavjud. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan birgalikda ishlab, «Nyukasl»ni yanada yuqori pog‘onalarga olib chiqishni intizorlik bilan kutyapman. Klubning yangi yutuqlarga erishishi uchun bor kuchimni safarbar qilaman», — dedi Yayssle klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting