locale OZ

«Nyukasl» Manzambi transferini yakunlamoqda

Unga "Aston Villa" ham jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Manzambi transferini yakunlamoqda
ФОТО: Getty images

"Nyukasl" va Germaniyaning "Frayburg" klublari yarim himoyachi Yoxan Manzambining transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Klublar bitimning barcha shartlarini kelishib olgan, ayni paytda "Nyukasl" futbolchining o‘zi bilan shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Shveytsariyalik yarim himoyachi uchun uzoq muddatli kelishuv tayyorlab qo‘yilgan.

Manzambiga "Aston Villa" ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Birmingemliklar yarim himoyachi Amadu Onananing tizza boylamlari jarohati tufayli bu pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirgan, ammo futbolchi uchun kurashda "Nyukasl" ustun keldi.

2025/26 yilgi mavsumda Manzambi barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting