“Nyukasl” Lyuis Hollga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
“Nyukasl” himoyachi Lyuis Holl bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi 21 yoshli futbolchi bilan yangi, yaxshilangan shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.
“Qarg‘alar” Hollning maoshini sezilarli darajada oshirmoqchi. Bunga futbolchiga “Manchester Yunayted” tomonidan bildirilayotgan jiddiy qiziqish sabab bo‘lmoqda. Manchester klubi yozda uni transfer qilishga uringan, biroq kelishuv amalga oshmagan.
Manbalarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Holl transferiga 2027-yilda yana qaytishni rejalashtirmoqda. “Nyukasl” esa asosiy himoyachilaridan birini uzoq muddat jamoada saqlab qolish uchun yangi shartnoma orqali uning kelajagini kafolatlamoqchi.
Ma’lumot uchun, Hollning “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.