\"Nyukasl\" Jotani sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Liverpul” hujumchisi Diog Jota faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi The Sun.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli portugaliyalik futbolchi “qarğalar”ning qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.
“Nyukasl” Jota transferiga 50 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. “Liverpul” ham yaxshi taklif bo‘lsa, futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
2024/2025 yilgi mavsumda Jota barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining narxi 40 million yevroga teng.
Bahrom Bobonov
Redaktor