locale OZ

«Nyukasl» Jekson uchun qancha sarflamoqchi ekani ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» Jekson uchun qancha sarflamoqchi ekani ma'lum
Photo: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qarg'alar” jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va Nikolasni yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Senegallik forvardning transferi 75 million yevroga baholanmoqda.

Afrikalik futbolchi ikki yil avval "aristokratlar" safiga kelib qo'shilgan edi. Hujumchi londonliklar bilan 2033 yilning yarimigacha shartnoma majburiyatlari bo'yicha bog'langan.

Nikolas Angliya chempionatining o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting