\"Nyukasl\" hujumchisi jamoani tark etdi
Photo: Getty Images
Callum Wilson "Nyukasl"ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
2020 yilda "Vest Hem"ga qarshi debyutdan tortib, 9-raqamli mashhur futbolkaga qadar Callum so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatimizda katta rol o‘ynadi.
Uning barcha hissasi uchun minnatdormiz. Kelajakda omad tilaymiz", - deyiladi "Nyukasl" xabarida.
Umuman olganda, Wilson klub safida 130 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urgan.
Futbolchiga “Lids” va “Lester” jamoalari tomonidan qiziqish bo‘layotgani xabar qilinmoqda.