«Nyukasl» Hau o‘rniga Iraolani olib kelmoqchi
Eddi 2021 yildan beri “qarğalar”ni boshqarib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Hau mavsum yakuniga qadar vazifasidan ozod etilmaydi. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qarğalar” rahbariyati Hauning o‘rniga “Bornmut” bosh murabbiyi Andoni Iraola nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis APLning eng yuqori maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadi.
Eddi 2021 yildan beri “Nyukasl”ni boshqarib kelmoqda. Angliya chempionatining 11-turidan so‘ng jamoa 12 ochko to‘plab, jadvalda 14-pog‘onada bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist