«Nyukasl» Gordon uchun narx belgiladi
Unga "to‘pchilar" asosiy da’vogarlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” klubi vingeri Entoni Gordon yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
The Telegraph nashri xabar berishicha, “qarğalar” o‘z futbolchisini 80 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.
“Arsenal” esa Gordon uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda va uni yozda o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan. Klub Gabriel Martinelli va Leandro Trossardning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Entoni Angliya Premer-ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist