locale OZ

\"Nyukasl\" Genduzi bilan qiziqmoqda. \"Latsio\" futbolchini sotishga tayyor

Genduzi ilgari "Arsenal"da o'ynagan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Genduzi bilan qiziqmoqda. "Latsio" futbolchini sotishga tayyor
Photo: Getty Images

“Latsio” yarim himoyachisi Matteo Genduzi yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Sport Witness xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Nyukasl” klubi fransiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Genduzini sotib olishga asosiy da'vogar hisoblanadi.

“Qarg'alar” yarim himoyachisi Sandro Tonali yozda “Yuventus”ga borib qo'shilishi mumkin. U Tonaliga o'rinbosar sifatida qaralmoqda.

O'z navbatida, “Latsio” ham 26 yoshli futbolchini sotishga tayyor. Uning transfer bahosi 40 mln yevroni tashkil etmoqda.

O'tgan mavsumda u “burgutlar” safida A Seriyada 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 3ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting