«Nyukasl» Fransiya yoshlar terma jamoasi darvozabonini sotib oldi — Romano
«Nyukasl» «Reyms» golkiperi Even Jauenni sotib oldi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Kelishuv qiymati 24 million funt sterlingga baholanmoqda. Futbolchining ingliz klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi muddati 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.
Even Jauen «Gengam» va boshqa bir qator jamoalar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yildan buyon «Reyms» sharafini himoya qilib kelayotgan edi, darvozabonning faoliyati davomida «Rodez» va «Dyunkerk» klublaridagi ijra muddatlari ham bor.
Yakunlangan klub mavsumidagi 34 ta o‘yinda Jauen 35 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bundan tashqari, futbolchi Fransiya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi, avvalroq u «uchranglilar»ning turli yosh toifasidagi jamoalarida ham to‘p surgan.