locale OZ

Nyukasl Etikite uchun 70 mln yevro taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nyukasl Etikite uchun 70 mln yevro taklif qildi
Photo: Getty Images

“Nyukasl” klubi Ugo Ekite uchun 70 million yevro miqdorida taklif yo‘lladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Ayntraxt” futbolchini bundan qimmatroq summaga sotishni rejalashtirgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar hozircha davom etmoqda.

23 yoshli Ugoning frankfurtliklar bilan shartnomasi 2029 yil iyungacha mo‘ljallangan. Ta’kidlanishicha, nemis klubi Ekiteni 100 million yevrodan arzonroqqa sotmoqchi emas.

Fransiyalik futbolchi o‘tgan BundesLiga mavsumida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting