«Nyukasl» Endrik uchun qancha to'lamoqchi ekani ma'lum
Photo: Getty Images
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Real"ning iqtidorli futbolchisi Endrikga jiddiy qiziqmoqda.
The Athletic xabar berishicha, "qarg'alar" yosh hujumchi uchun "qirollik" klubiga 70 million yevro taklif qilishga tayyor.
Xabarlarga ko'ra, 18 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu taklifga qaramay, Madrid klubini tark etishni istamayapti. Endrik jamoada qolish va o'z o'rni uchun kurashishga qaror qilgan.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist