«Nyukasl» Chexiya terma jamoasi darvozabonini 30 million yevroga sotib olmoqda
Angliyaning "Nyukasl" klubi Portugaliyaning "Braga" jamoasi va Chexiya milliy terma jamoasi darvozaboni Lukash Gornichek transferini yakunlash arafasida turibdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli posbon Ispaniyada "Nyukasl" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. Endi transferning rasmiy e'lon qilinishi yaqin kunlar ichida kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, Angliya klubi Gornichekning "Braga" bilan tuzgan shartnomasidagi 30 million yevrolik tovon puli bandini faollashtirgan. Shu tariqa chex darvozaboni "qarg'alar"ning yangi asosiy posboniga aylanishi kutilmoqda.
Lukash Gornichek 2019 yil yozida Chexiyaning "Pardubitse" klubidan "Braga" safiga kelib qo'shilgan edi. Shu vaqt ichida u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, o'zining ishonchli o'yini bilan e'tibor qozondi.
2025/26 yilgi mavsumda Gornichek barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan. Shu bilan birga, u 24 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.