locale OZ

«Nyukasl» Brunu Gimaraynzga yangi shartnoma taklif qiladi

Kelishuv amalga oshsa, Gimaraynz klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nyukasl Brunu Gimaraynzga yangi shartnoma taklif qiladi
ФОТО: Getty images

"Nyukasl" rahbariyati yarim himoyachi Brunu Gimaraynzni jamoada saqlab qolish uchun unga yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma tayyorlamoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Qarg‘alar" braziliyalik futbolchiga 2030 yilgacha amal qiladigan yangi bitim va haftasiga taxminan 200 ming funt sterling (235 ming yevro) maosh taklif qilishga tayyor.

Agar ushbu shartnoma imzolansa, Gimaraynz "Nyukasl" tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Hozircha klub rahbariyati Brunu Gimaraynz sotilmasligini qat’iy ta’kidlamoqda.

"Nyukasl" o‘z sardorini jamoada olib qolish niyatida va "Arsenal" tomonidan kuchayib borayotgan qiziqishga qaramay, uni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting