locale OZ

«Nyukasl» Attani Udinezedan sotib olishi mumkin

Futbolchining «Udineze» bilan shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» Attani Udinezedan sotib olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Nyukasl» «Udineze»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Artur Attani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, italiyaliklar futbolchining sotuvdan 40 million yevro ishlashni mo‘ljallamoqda.

Joriy mavsumda Atta barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Udineze» bilan shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab, butun chempionat davomida 49 ochko to‘pladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting