“Nyukasl” “Arsenal”ning Bruno Gimaraes bo‘yicha taklifini rad etdi
28 yoshli futbolchi “Nyukasl” safida 195 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Foto: Getty Images
“Arsenal” va “Nyukasl” yarim himoyachi Bruno Gimaraes transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Nyukasl” London klubining dastlabki rasmiy taklifini rad etgan. “Arsenal” taklif qilgan summa futbolchi uchun talab qilinayotgan 80 million funtdan ortiq narxdan ancha past bo‘lgan.
Shunga qaramay, “Arsenal” braziliyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shish harakatlarini davom ettirmoqchi. Gimaraesning o‘zi ham London klubiga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli futbolchi “Nyukasl” safida 195 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist