locale OZ

«Nyukasl» APL tarixidagi eng kech kiritilgan gʻalaba golini urdi

«Hakkalar» 21-tuda «Lids»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nyukasl» APL tarixidagi eng kech kiritilgan gʻalaba golini urdi
FOTO: Getty Images

«Nyukasl» futbolchisi Xarvi Barnsning Angliya chempionati 21-turida «Lids»ga qarshi o‘yinda urgan goli (102-daqiqa, 101:48) APL tarixidagi eng kech kiritilgan g‘alaba goli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar 2006/2007 yilgi mavsumdan buyon yuritila boshlanganidan beri qayd etilgan eng so‘nggi hal qiluvchi gol hisoblanadi, deya xabar bermoqda OptaJose.

Hozirda «Nyukasl» 32 ochko jamg‘arib, Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. «Lids» esa 22 ochko bilan 16-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda «Nyukasl» «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bungacha esa jamoa 10 yanvar kuni Angliya Kubogida «Bornmut»ga, 13 yanvar kuni Liga Kubogida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting