«Nyukasl» Andersonni ortga qaytarmoqchi
Klub 2024 yilda futbolchini sotib yuborgandi.
ФОТО: Getty images
"Nottingem Forest" markaziy yarim himoyachisi Elliot Anderson "Nyukasl"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qarğalar" moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar tufayli 2024 yilda Andersonni sotib yuborgandi. Endilikda esa klub futbolchini ortga qaytarishni istamoqda.
Joriy mavsumda 22 yoshli Anderson barcha musobaqalarda to'qqizta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ydi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining narxi 32 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist