locale OZ

\"Nyukasl\" 60 million yevroga Manzambini sotib olmoqda

Yoxan Manzambi JCh-2026dagi yorqin o‘yinlari orqali ko‘plab Yevropa grandlari e'tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" 60 million yevroga Manzambini sotib olmoqda
Foto: Getty Images

"Nyukasl Yunayted" "Frayburg" yarim himoyachisi Yoxan Manzambi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Xabarlarga ko‘ra, Angliya klubi 20 yoshli shveysariyalik futbolchi uchun 60 million yevro to‘laydi. Tomonlar transferning asosiy shartlari bo‘yicha kelishib olgan va endi yakuniy hujjatlar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Manzambiga "Aston Villa" ham jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq futbolchining transfer poygasida aynan "Nyukasl" oldinga chiqib oldi va bitim yakunlanish arafasida turibdi.

Yoxan Manzambi JCh-2026dagi yorqin o‘yinlari orqali ko‘plab Yevropa grandlari e'tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi. Agar transfer rasman tasdiqlansa, bu "Nyukasl" tarixidagi eng yirik xaridlardan biriga aylanishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting