«Nyukasl» 14 yil ichida ilk bor safardagi ketma-ket ikki o‘yinda 4 tadan gol o‘tkazib yubordi
«Nyukasl» 14 yil ichida ilk bor safardagi ketma-ket ikki o‘yinda 4 tadan gol o‘tkazib yubordi
Angliya Premer-ligasining oltinchi turidagi so‘nggi uchrashuvda «Nyukasl» «Koventri»ga yirik hisobda — 1:4 — mag‘lub bo‘ldi. Bu «qora-oqlar» uchun safardagi ketma-ket ikkinchi uchrashuv bo‘lib, unda jamoa o‘z darvozasidan to‘rtta to‘p olib chiqdi. Sentyabr oyida ham «Lids» ularni xuddi shu hisobda mag‘lub etgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Nyukasl Yunayted» 2012 yil dekabridan beri ilk bor Premer-liganing safardagi ketma-ket ikki o‘yinida to‘rtta yoki undan ko‘p gol o‘tkazib yubordi. O‘shanda jamoa «Manchester Yunayted»ga 3:4, «Arsenal»ga esa 3:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Shunga qaramay, «Nyukasl» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.