locale OZ

Nyubel yozda «Bavariya»ni tark etadi

Joriy mavsumda u ijara asosida “Shtutgart” safida o‘ynamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nyubel yozda «Bavariya»ni tark etadi
ФОТО: Getty images

“Bavariya”ning 29 yoshli darvozaboni Aleksander Nyubel yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Joriy mavsumda u ijara asosida “Shtutgart” safida o‘ynamoqda va yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Biroq uning bu klub bilan shartnomasi iyun oyida yakunlanadi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar futbolchini to‘liq sotish yoki yana ijaraga berishni rejalashtirmoqda, ammo bu safar sotib olish huquqi bilan. Shu bilan birga, Nyubelning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning yillik maoshi taxminan 11–12 million yevroni tashkil etadi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati 12 million yevro atrofida baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting