locale OZ

Nyubel faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nyubel faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Aleksandr Nyubel faoliyatini Istanbulning "Beshiktosh" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan, 2023 yildan beri u "Shtutgart" safida ijara asosida to'p surib kelayotgan edi.

Ta’kidlanishicha, Nyubel turk klubining darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish uchun asosiy maqsad sifatida ko‘rilmoqda.

Muzokaralar allaqachon olib borilmoqda, ehtimoliy kelishuv qiymati 10 million yevrodan ortiq baholanmoqda. Darvozabonning o‘zida ham faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlar mavjud.

O‘tgan klub mavsumidagi 49 ta o‘yinda Nyubel 14 marta o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting