locale OZ

Nursulton Ro‘ziboyev UFC turnirida Maykl Peyjga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik jangchi Parijda o‘tgan jangda barcha uch raundni o‘tkazdi, biroq hakamlar g‘alabani raqibiga berdi.
Nursulton Ro‘ziboyev UFC turnirida Maykl Peyjga mag‘lub bo‘ldi
photo: gettyimages

Nursulton Ro‘ziboyev UFC turnirida Maykl Peyjga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik jangchi Parijda o‘tgan jangda barcha uch raundni o‘tkazdi, biroq hakamlar g‘alabani raqibiga berdi. Hakamlarning barchasi Peyjning g‘alabasini 29:28 hisobida qayd etdi. Shu tariqa, 32 yoshli Ro‘ziboyevning UFC'dagi ketma-ket uchta g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi.

UFC turnirining Parijda bo‘lib o‘tgan asosiy kardida o‘rta vazn toifasida Nursulton Ro‘ziboyev ingliz jangchisi Maykl Peyjga qarshi oktagonga chiqdi.

Jang uch raund davom etdi. Ro‘ziboyev bir nechta muvaffaqiyatli teykdaundlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Hakamlarning barchasi Peyjning g‘alabasini 29:28 hisobida qayd etdi.

Shu tariqa, 32 yoshli Ro‘ziboyevning UFC'dagi ketma-ket uchta g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi. Uning professional MMA'dagi rekordi 37 g‘alaba, 10 mag‘lubiyat, 2 durang va 2 ta natijasiz jangdan iborat.

39 yoshli Peyj esa ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ingliz jangchisining professional MMA'dagi rekordi 26 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting