Nuroniylar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram
Bektemir tumani 1-sonli sport maktabi yana bir sport musobaqasiga mezbonlik qildi. Bu safar ushbu maskanda 60 yoshdan katta nuroniylar o‘rtasida futbol bo‘yicha tumanlararo turnir tashkil etildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmonov ishtirok etdi. U barcha jamoalarga muvaffaqiyat tilab, faol nuroniylarning yoshlarga ibrat bo‘layotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, hokim ramziy tarzda birinchi to‘pni o‘ynash orqali musobaqani rasman ochib berdi.
Turnirda Bektemir, Yakkasaroy, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan terma jamoalar ishtirok etdi. Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan bahslarda Chilonzor tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor