locale OZ

Nuri Shahin «Bashakshehir» bosh murabbiyiga aylandi

U klub bilan uch yillik bitim imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nuri Shahin «Bashakshehir» bosh murabbiyiga aylandi
Фото: Башакшехир

Turkiyalik mashhur mutaxassis Nuri Shahin Istanbulning "Bashakshehir" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub Shahin bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Shahin murabbiylik faoliyatini 2021 yilda "Antalyaspor"da boshlagan. U dastlab Edin Terzich boshchiligidagi murabbiylar shtabida yordamchi bo'lgan. Keyinchalik Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubiga yo'l olgan mutaxassis 2024/25 yilgi mavsum boshida Dortmund klubining bosh murabbiyiga aylangandi. Ammo yomon natijalar sabab 6 oy o'tib lavozimini tark etdi.

Eslatib o'tamiz, "Bashakshehir" safida o'zbekistonlik ikki nafar futbolchi — Abbosbek Fayzullaev hamda Eldor Shomurodov to'p suradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting