Nunu Mendesh: «Himoyada unchalik kuchli emas edim, lekin Enrike menga yordam berdi»
«PSJ» himoyachisi oʻzining himoyaviy oʻyini haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«PSJ»ning 23 yoshli qanot himoyachisi Nunu Mendesh oʻzining himoyaviy oʻyini va murabbiy Luis Enrikening bu boradagi taʼsiri haqida fikr bildirdi.
«Avvaliga men himoyada unchalik kuchli emas edim. Luis Enrike buni payqadi va menga juda katta yordam berdi.
Avvallari birga-bir vaziyatda qiynalardim, chunki butun eʼtiborim hujumda edi. U menga shunday dedi: «Agar yaxshiroq himoyalansang, men senga hujumda erkinlik beraman», — dedi Mendesh.
Maʼlumot uchun, Mendesh 2022 yilning yozidan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist