locale OZ

Nunu Mendesh: “Hamma zarbani Ronaldu tepishini kutgandi”

Portugaliyalik futbolchi Oʻzbekistonga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nunu Mendesh: “Hamma zarbani Ronaldu tepishini kutgandi”
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh Oʻzbekistonga qarshi uchrashuvda jarima zarbasidan urgan goli haqida fikr bildirdi.

“Hamma zarbani Krishtianu Ronaldu tepishini kutgandi. Bu oldindan rejalashtirilgan kombinatsiya edi va u juda yaxshi ishladi,” — dedi Mendesh.

Eslatib oʻtamiz, Portugaliya — Oʻzbekiston uchrashuvining 17-daqiqasida jarima zarbasi oldidan Ronaldu oʻzining odatiy holatini egalladi va stadiondagi deyarli barcha uning zarba berishini kutdi. Biroq kutilmaganda zarbani Nunu Mendesh amalga oshirib, hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi.

Uchrashuv Portugaliyaning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Krishtianu Ronaldu esa dubl qayd etib, Jahon chempionatlari tarixida olti xil mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting