Nunu Eshpiritu Santu tovon pulisiz «West Hem»ni tark etishi mumkin
Klub turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Londonning "West Hem" klubi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarishi mumkin.
The Sun nashri xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassisning mehnat shartnomasida jamoa APLdan tushib ketgan taqdirda uni lavozimidan ozod etish mumkinligi haqida band mavjud.
Shuningdek, bunday vaziyatda "bolg'achilar" hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatgani uchun murabbiyga tovon puli to‘lashga majbur emasligi qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, Angliya chempionatining 24 turidan so‘ng "West Hem" 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist