locale OZ

Nunez Saudiya chempionatida qoladi

Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nunez Saudiya chempionatida qoladi
ФОТО: Getty images

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darwin Nunezning qishki transfer oynasida “Al-Hilol”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchiga yaqin manbalar bu ma’lumotlarni inkor etdi.

26 yoshli forvard hozirda bor e’tiborini Riyod klubi safida o‘ynashga qaratgan va klubdan mamnun. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt hozirda uni 45 million yevroga baholamoqda.

"Al-Hilol" safida Nunez jami 11 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 2 ta golli uzatma bergan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting